INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY LOYIHALARNI JORIY ETISH BO‘LIMI

      “Innovatsion texnologiyalar va zamonaviy loyihalarni joriy etish bo‘limi” (keying o‘rinlarda bo‘lim deb ataladi) o‘z ish faoliyatini Аvtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasining nizomiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, sunʼiy inshoot va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari, muxandis-texnik xodimlarining Innovatsion texnologiyalar va zamonaviy loyihalarni joriy etish va shu y’onalishda malakasini oshirish, ularni sohaviy, kasbiy bilim darajalarini ko‘tarish, avtomobil yo‘llari infrastrukturasidagi qurish, qayta qurish, taʼmirlash va foydalanishda avtomobil yo‘llari sohasiga taalluqli ilmiy-texnik hujjatlar, yo‘l qurilishida tejamkor konstruktsiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar, yo‘l qurilishi uchun zarur bo‘lgan meʼyoriy texnik hujjatlar, innovaziya va zamonaviy loyihalar bo‘yicha maʼlumotlarni soha mutaxassislariga malaka oshirish o‘quv kurslari orqali yetkazishda yordam beradi va ularga soha yo‘nalishlari buyicha ilmiy unvonlarga va katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan bilimlarini oshirish uchun sharoit yatatilishida ko‘maklashadi. Malaka oshirish o‘quv-amaliy kurslari nihoyasida, olgan bilim va ortirgan tajribalari saviyasini baholash attestatsiyasidan o‘tkazishda ishtirok etishi, malaka oshirish kurslarini bitirganligi xaqida sertifikatlar berilishida o‘z fikrlarini berishi mumkin. Bo‘lim Аvtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi tizimidagi bo‘lim bo‘lib, tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi mustaqil yuridik xuquqga ega bo‘lmagan, institutning ajralmas qismi hisoblanib, ish faoliyatida institut direktoriga bo‘ysunadi. Bo‘lim o‘z ish faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, amaldagi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xuzuridagi Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi va institutning buyruq va ko‘rsatmalari hamda mazkur Nizom asosida ish yuritadi. Bo‘limni bo‘lim boshlig‘i boshqarib boradi, uni lavozimga tayinlash yoki bo‘shatish istitut direktori buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Bo‘limning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, sunʼiy inshootlarga innovaziya va zamonaviy loyihalarni tadbiq etish, shuningdek avtomobil yo‘llari tizimidagi korxonalar rahbarlari, bosh muhandislari, muhandis-texnik xodimlarini zamon talablari bo‘yicha sohaviy, kasbiy va umumiy bilimga ega bo‘lishi yuzasidan ushbu amaliyo‘tni qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirish, avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, taʼmirlash va foydalanishda rivojlangan davlatlarning ilg‘or texnologiyalari va fan yutuqlarini hamda sohaviy yo‘nalishlar bo‘yicha optimal yechimlarni qo‘llash uslublarini o‘rgatib borishdan iborat. Аyni shu maqsadda quyidagi ishlar bajariladi: - institut tomonidan eng tajribali, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, avtomobil yo‘llari sohasiga taalluqli ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamon talablariga javob bera oladigan shakllarini, qurilish, taʼmirlash ishlari sifatini oshirish uslublarini rahbar, muhandis-texnik xodimlarga o‘rgatish; - avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimidagi yo‘l korxona va tashkilotlari miqyosida muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnik o‘quvni rejalashtirish, tashkil qilish va ularni o‘tkazishda ko‘maklashish; - malaka oshirish kurslari tinglovchilarini sohaning yangi ilmiy-texnik hujjatlari bilan tanishtirish; - yo‘l ishlarida mahalliy qurilish materiallaridan keng ko‘lamda foydalanish hamda yo‘l qurilishida tejamkor konstruktsiyalarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish; - yo‘l qurilishi uchun zarur bo‘lgan meʼyoriy texnik hujjatlar, standartlar talablari bilan tanishtirish, chet el davlatlarining yo‘l sohasiga taalluqli va davlat tiliga tarjima qilingan xujjatlari bilan tanishtirish; - yo‘l korxonalari xodimlariga yangi ishlab chiqarilayotgan ilmiy-texnik hujjatlarda amaldagi eng qulay, mukammal va zamonaviy loyihalardan foydalanish va ularni amaliyotda qo‘llashdagi ilmiy-texnik masalalarni yechish yo‘llarini o‘rgatish; - normativ hujjatlar talablari bo‘yicha va turli yo‘riqnomalar, yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llash, meʼyoriy xujjatlar talablarini bajarilishini nazorat ostiga olish metodlarini ishlab chiqish va tadbiq etish; - avtomobil yo‘llarini qurish sohasida yangi texnika va texnologiyalar bo‘yicha vaqt meyorlarini ishlab chiqish hamda sohaga tadbiq etish bo‘yicha tegishli tavsiyalarni amaliyotda qo‘llash usullari xaqida maʼlumotlar berish; - avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash loyihalarida ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va ilmiy asoslangan mehnatni tashkil qilish shakllarini o‘rgatish; - institutda mehnat muhofazasi, texnika va yong‘in xavfsizligiga qatʼiy rioya qilish, ular asosida ishlarni tashkillashtirish; - O‘zbekiston Respublikasi “Аvtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning bajarilishini amalga oshirishda faol qatnashish; - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, taʼmirlash, saqlash va foydalanish bo‘yicha chiqarilgan barcha qonun, qaror, farmoyish, buyruq, ko‘rsatma va meʼyoriy hujjatlarni institut doirasida o‘rganish; - Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimida loyihalanayotgan va qurilayotgan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida, yo‘l inshootlarida milliy dasturimizga oid meʼmorchilik ishlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va yechimlardan amaliyotda foydalanishni taminlash ishlari bo‘yicha tavsiyalar berish. Muhim va o‘ta murakkab obʼektlarning qurilishida yuzaga kelgan ayrim muammolarni va qabul qilingan yechimlarni ilmiy-texnik kengashda muhokama qilib tegishli xulosalar chiqaradi. Taraqqiyparvar zamonaviy loyiha qarorlari, yangi material, yo‘riqnoma va texnologiyalarni, mamlakatimiz va xorijdagi ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda yo‘llarni loyihalashtirish, qurish va yo‘l fanining yutuqlarini amalga joriy etish, andazaviy loyihalarni va avtomobil yo‘llari hamda ulardagi sunʼiy inshootlarning konstruktiv elementlari va konstruktsiyalarini iqtisodiy maqsadga muvofiq unifikatsiyalash, yo‘l qurilish ishlarini avtomatlashtirish, keng qamrovli mexanizatsiyalashtirish va konstruktsiyalar tayyorlashni sanoatlashtirish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Аvtomobil yo‘llarini qurish, yo‘ldan foydalanish va loyihalash jarayonidagi ilmiy-texnik masalalarni yechishda institut rahbariyatining ko‘rsatmasi bilan tizimning boshqa tashkilotlariga, boshqa vazirlik va muassasalariga vakil bo‘lib borish. Аvtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini ko‘rikdan o‘tkazilganligi bo’yicha va yo‘l infrastrukturasining har bir masalalari echimi borasida institut xodimlariga konsultativ yordam ko‘rsatish. Аvtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan hujjatlar bo‘yicha buyurtmachi va qurilish tashkilotlaridan tushgan mulohaza va eʼtirozlarni o‘rganish hamda hisobga olish. Institut extiyojidan kelib chiqib, ilmiy-texnik yo‘nalishlarda boshqa loyiha-qidiruv institutlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, shu jumladan xorijiy davlatlardagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birga xamkorlikda malaka oshirish, tajriba almashish yuzasidan ish olib borish. Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi va boshqa yo‘l xo‘jaliklari tashkilotlarining buyurtmalari asosida sohaga taalluqli normativ hujjatlar, metodik qo‘llanma va yo‘riqnomalar ishlab chiqish yoki qayta ishlashda qatnashish.